29 Sen 2026

Middle DevOps

MegaSec — Ozarbayjondagi sunʼiy intellektga asoslangan kiberxavfsizlik yechimlarini taqdim etuvchi texnologiya kompaniyasi. Biz bizneslarni raqamli tahdidlardan himoya qilish uchun innovatsion mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqamiz.

Talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar

Linux tizimlari

  • Linux serverlarini administratorlik qilish bo‘yicha asosiy va amaliy bilimlar;

  • systemd, cron va log fayllari bilan ishlay olish ko‘nikmasi;

  • journalctl, tizim loglari va monitoring vositalari yordamida muammolarni tahlil qilish.

Konteynerlashtirish (Docker)

  • Docker image’larini yaratish (multi-stage build tushunchasini ham o‘z ichiga olgan holda);

  • docker-compose yordamida lokal muhitni sozlash va boshqarish;

  • Container Registry bilan ishlash bo‘yicha asosiy tajriba.

Kubernetes

  • Kubernetes’ning asosiy tushunchalari: Deployment, Service, ConfigMap, Secret;

  • Ilovalarni Kubernetes muhitiga joylashtirish (deploy qilish);

  • Pod va Service muammolarini loglar hamda describe buyrug‘i yordamida tahlil qilish va diagnostika qilish.

Versiyalarni nazorat qilish tizimi (Git)

  • Branch strategiyalari bilan ishlash tajribasi (feature branch, merge/rebase);

  • Merge conflict’larni hal qila olish ko‘nikmasi;

  • Jamoa muhitida Git’dan foydalanish tajribasi.

CI/CD (GitLab CI + GitOps)

  • GitLab CI yordamida build va test jarayonlarini avtomatlashtirish;

  • Container image’larini yaratish va Registry’ga yuborish jarayonini sozlash;

  • GitOps yondashuvi asosida deployment jarayonlarini boshqarish (ArgoCD orqali);

  • Deployment konfiguratsiyalarini Git orqali boshqarish (Kustomize yoki Helm);

  • CI (build) va CD (deployment) bosqichlari o‘rtasidagi farqni tushunish.

Tarmoq texnologiyalari

  • TCP/IP va DNS tushunchalari bo‘yicha bilimlar;

  • Tarmoq muammolarini diagnostika qilish (connectivity, routing).

Infratuzilma va bulut texnologiyalari

  • AWS xizmatlari bilan tanishlik (EC2, S3, IAM, VPC, EKS);

  • On-prem muhitda virtual mashinalar (VM) bilan ishlash tajribasi (VMware yoki muqobillari);

  • Infrastructure as Code (IaC) tushunchasi va Terraform bilan asosiy darajada ishlay olish ko‘nikmasi (plan/apply).

Monitoring va kuzatuv tizimlari

  • Monitoring va dashboard tushunchasi (Grafana);

  • Loglarni tahlil qilish bo‘yicha asosiy tajriba (ELK Stack).

Xavfsizlik

  • Vault yoki shunga o‘xshash vositalar bilan tanishlik;

  • Secrets boshqaruvi va minimal vakolatlar tamoyili (Least Privilege) bo‘yicha tushuncha.

Biz nimani taklif qilamiz

  1. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta;

  2. Professional va dinamik jamoada ishlash imkoniyati;

  3. Zamonaviy texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyada tajriba orttirish imkoniyati;

  4. Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyatlari.

Ushbu lavozimga ariza topshiring

+994