MyMedia
MyMedia — sun'iy intellektga asoslangan media monitoring platformasi. Platforma onlayn yangiliklar saytlari va ijtimoiy tarmoqlarni real vaqt rejimida kuzatib boradi, e'lon qilingan ma'lumotlarni to'playdi va sun'iy intellekt yordamida tahlil qiladi. To'plangan ma'lumotlar mavzular bo'yicha guruhlanadi, ijobiy, salbiy va neytral munosabat aniqlanadi hamda natijalar asosida analitik hisobotlar tayyorlanadi. MyMedia davlat idoralari, kompaniyalar va PR agentliklariga mediada sodir bo'layotgan voqealarni tezkor kuzatish, muhim ma'lumotlarni o'z vaqtida aniqlash va umumiy axborot manzarasini tahlil qilish imkonini beradi.