Xizmatlar

Kiberxavfsizlik

Tarmoq, server, yakuniy nuqta va bulut muhitlarining uzluksiz monitoringi, kiberinsidentlarga tezkor javob, penetratsion sinovlar va kibertahdid razvedkasi — yagona xizmat paketida.

Batafsil

Sunʼiy intellekt

Video, ovoz va matn maʼlumotlarini real vaqtda tahlil qiladigan, risklarni erta aniqlaydigan va qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtiradigan sunʼiy intellekt yechimlari.

Batafsil

Raqamli yechimlar

Raqamli yechimlar yo'nalishimiz tashkilotlarning aniq biznes ehtiyojlariga mos dasturiy ta'minot ishlab chiqishni qamrab oladi. Talablarni aniqlash, arxitektura va dizayndan tortib dasturlash, testlash va ishga tushirishgacha bo'lgan loyihaning barcha bosqichlarini yagona jamoa bilan amalga oshiramiz. Loyihaning hajmi va talablariga qarab mos texnologiya va ishlab chiqish yondashuvini tanlaymiz. Mahsulot foydalanishga topshirilgandan so'ng texnik qo'llab-quvvatlash, monitoring va uzluksiz rivojlantirish ishlarini ham amalga oshiramiz. Loyihaning dastlabki bosqichida biznes va texnik talablarni aniqlaymiz, so'ngra yechim arxitekturasi va foydalanuvchi tajribasini shakllantiramiz. Ishlab chiqish bosqichida funksiyalar bosqichma-bosqich yaratiladi va testdan o'tkaziladi. Tayyor mahsulot ekspluatatsiyaga topshirilgach, uning texnik holatini kuzatib boramiz va ehtiyoj tug'ilganda rivojlantiramiz.

Batafsil

SKY X - uchuvchisiz uchish apparatlari va robototexnika yechimlari

Keng hududlarni monitoring qilish, xavfli muhitda olib boriladigan operatsiyalar va real vaqtda aniq kuzatuv uchun uchuvchisiz uchish apparatlari va yer usti robot tizimlari.

Batafsil

Maʼlumotlarni boshqarish va mashinali oʻqitish

Maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash uchun infratuzilma, shuningdek, modellar uchun ish muhiti Maʼlumotlar infratuzilmasi • Maʼlumotlarni yigʻish va saqlash • Maʼlumotlarni qayta ishlash va koʻchirish • Maʼlumotlarni tashkil etish va boshqarish Mashinali oʻqitish platformasi • Modellarni ishlab chiqish muhiti • Modellarni joylashtirish va ishlatish Monitoring va hayotiy siklni boshqarish

Batafsil

IT Audit va muvofiqlikni baholash

Audit va nazorat bosqichi tashkilotda joriy etilgan axborot xavfsizligi, risklarni boshqarish va muvofiqlik mexanizmlarining samaradorligini doimiy ravishda baholashni ta’minlaydi. Ushbu bosqichda ichki auditlar o‘tkaziladi, mavjud xavfsizlik nazoratlari tahlil qilinadi, shuningdek, tashkilotning xalqaro standartlar, tan olingan boshqaruv doiralari hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

Batafsil