Kiberxavfsizlik
Pentest qanday tamoyillar asosida o'tkaziladi
Biz o'tkazadigan xavfsizlik testlari (Penetration Testing) xalqaro miqyosda e'tirof etilgan metodologiyalar va xavfsizlik standartlari asosida amalga oshiriladi. Standartlar va metodologiyalar Test jarayonida asosan quyidagi standart va metodologiyalardan foydalaniladi: OSSTMM (Open Source Security Testing Methodology Manual), veb-ilovalar xavfsizligini baholash uchun OWASP Top 10, API xavfsizligini baholash uchun OWASP API Security Top 10, pentest jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish uchun PTES (Penetration Testing Execution Standard). Test metodologiyasi mijozning texnologik muhiti, biznes ehtiyojlari va taqdim etgan ma'lumotlar darajasiga moslashtiriladi. Test yondashuvlari Testlar quyidagi ssenariylardan biri asosida o'tkazilishi mumkin: test o'tkazuvchi tomon tizim haqida oldindan cheklangan ma'lumotga ega bo'lgan Black-box (Qora quti) yondashuvi; cheklangan darajada ichki ma'lumotlar va kirish huquqlari taqdim etiladigan Grey-box (Kulrang quti) yondashuvi; tizim, ilova va infratuzilma haqida keng ma'lumotlar hamda kirish huquqlari taqdim etiladigan White-box (Oq quti) yondashuvi.
Qamrov doirasi (Scope)
Pentest boshlanishidan oldin test qilinadigan aktivlar va tizimlar aniqlanadi hamda tomonlar o'rtasida kelishib olinadi. Scope doirasida quyidagilar belgilanishi mumkin: IP manzillar va IP diapazonlari, domenlar va subdomenlar, veb-ilovalar, API'lar, mobil ilovalar, tarmoq segmentlari va VLAN'lar, serverlar va tarmoq uskunalari, bulutli (Cloud) resurslar, Active Directory muhiti, simsiz (Wireless) infratuzilma, IoT qurilmalari va ularga bog'liq backend tizimlari. Testning qamrov doirasi mijozning biznes ehtiyojlari va tanlangan xizmat yo'nalishlariga muvofiq belgilanadi.
Penetration Testing xizmat yo'nalishlari
MSSP sifatida taqdim etadigan Penetration Testing va Security Assessment xizmatlarimiz mijozning axborot tizimlari arxitekturasi, texnologik muhiti va biznes ehtiyojlariga qarab quyidagi asosiy yo'nalishlarni qamrab oladi.
Network & Infrastructure Penetration Testing Korporativ tarmoq va axborot infratuzilmasining xavfsizlik darajasini baholash: External va Internal Network Pentest, serverlar va tarmoq uskunalarining xavfsizligini tekshirish, Firewall, VPN va boshqa himoya tizimlarini baholash, Network Segmentation va Access Control, zaif va xavfli konfiguratsiyalarni aniqlash, ma'lum zaifliklardan foydalanish (ekspluatatsiya) imkoniyatlarini tekshirish, Privilege Escalation, Lateral Movement, domen va Active Directory bilan bog'liq xavfsizlik xatarlari.
Web Application Penetration Testing Veb-ilovalar xavfsizligini texnik va biznes-mantiq darajasida baholash: OWASP Top 10, Authentication va Authorization, Session Management, Access Control, Input Validation, Injection zaifliklari, File Upload va File Inclusion, SSRF, XSS, CSRF, Business Logic zaifliklari, Privilege Escalation, Sensitive Data Exposure.
API Security Testing REST, GraphQL va boshqa API'lar xavfsizligini baholash: Authentication va Authorization, Broken Access Control, IDOR / BOLA, API endpoint'lar xavfsizligi, Token va Session Management, Rate Limiting, Input Validation, Sensitive Data Exposure, Business Logic, API misconfiguration.
IoT Security Testing Tarmoqqa ulanadigan IoT qurilmalari va ularning backend infratuzilmasi bilan o'zaro aloqasi xavfsizligini baholash: IoT qurilmalarining xavfsizlik konfiguratsiyasi, standart (default) va zaif credentials, Authentication va Authorization, ochiq portlar va servislar, proshivka (firmware) xavfsizligi, Firmware Analysis, Secure Boot va Secure Update mexanizmlari, Device-to-Device va Device-to-Server kommunikatsiyasi, MQTT, CoAP va boshqa IoT protokollari, IoT API'lari, mobil ilova va IoT qurilmasi o'rtasidagi kommunikatsiya, Cloud va IoT integratsiyasi, Device Spoofing, Unauthorized Device Access, maxfiy ma'lumotlarning qurilmada saqlanishi va uzatilishi, komprometatsiya qilingan IoT qurilmasining korporativ tarmoqqa mumkin bo'lgan ta'siri. IoT testlarining maqsadi faqat qurilmadagi zaifliklarni aniqlash emas, balki qurilma komprometatsiya qilingan taqdirda tashkilotning boshqa tizimlari uchun yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan potensial xatarlarni baholashdir.
Wireless Security Testing Simsiz tarmoqlar va Wi-Fi infratuzilmasi xavfsizligini baholash: Wi-Fi Authentication va Encryption, WPA/WPA2/WPA3 konfiguratsiyasi, Rogue Access Point, Evil Twin, Wireless Access Control, mehmon (Guest) va korporativ Wi-Fi segmentatsiyasi, zaif simsiz tarmoq konfiguratsiyalari, Wireless Client Isolation, Wireless Network Segmentation.
Mobile Application Security Testing Android va iOS mobil ilovalari xavfsizligini baholash: Authentication va Authorization, Session va Token Management, Insecure Data Storage, Sensitive Data Exposure, Insecure Communication, Certificate Validation, API Security, Reverse Engineering, Client-side Security, mobil ilova va backend o'rtasidagi xavfsizlik mexanizmlari.
Active Directory Security Assessment Microsoft Active Directory muhitlari xavfsizligini baholash: Domain va User Security, Kerberos xavfsizligi, LDAP xavfsizligi, NTLM, Password Policy, Privileged Accounts, Group Policy, Misconfigured Permissions, Kerberoasting va boshqa tegishli hujum ssenariylari, Lateral Movement, Privilege Escalation, Domain Admin darajasigacha bo'lgan mumkin hujum zanjirlari va privilege escalation imkoniyatlarini baholash.
Security Assessment xizmatlari
Vulnerability Assessment & Security Validation Avtomatlashtirilgan va qo'lda bajariladigan (manual) usullar kombinatsiyasi orqali zaifliklar aniqlanadi va texnik validatsiyadan o'tkaziladi: Vulnerability Scanning, Configuration Assessment, Manual Validation, False Positive Verification, CVSS asosida xatarlarni baholash, Exploitability Assessment, Risk Prioritization, Remediation Verification. Ushbu yondashuv avtomatlashtirilgan skanerlash natijalarini qo'lda tekshirish va haqiqiy xavfsizlik xatarlarini false positive natijalardan ajratish imkonini beradi.
Cloud Security Assessment Bulutli muhitlarning xavfsizlik konfiguratsiyasi, kirishni nazorat qilish va resurslar xavfsizligini baholash: Identity & Access Management (IAM), Privileged Access, Cloud Security Configuration, Storage Security, Database Security, Network Security, Publicly Exposed Resources, Security Groups va Access Policies, API Security, Sensitive Data Exposure, Cloud Service Misconfiguration.
Red Team / Adversary Simulation
Mijozning roziligi bilan va oldindan belgilangan Rules of Engagement (RoE) doirasida real hujum ssenariylari simulyatsiya qilinadi. Test ssenariylariga quyidagilar kiritilishi mumkin: Initial Access, Credential Access, Privilege Escalation, Lateral Movement, Persistence, Defense Evasion, Command & Control, Objective-based Attack Scenarios.
Ushbu yo'nalishda maqsad faqat alohida zaifliklarni aniqlash emas, balki bir nechta zaifliklarning birlashishi natijasida shakllanishi mumkin bo'lgan real hujum zanjirini va uning tashkilotga potensial ta'sirini baholashdir.
Avtomatlashtirilgan va qo'lda bajariladigan testlar
Pentest jarayoni faqat avtomatlashtirilgan skanerlash va zaifliklarni aniqlash vositalari bilan cheklanmaydi. Avtomatlashtirilgan vositalar asosan dastlabki razvedka, aktivlarni aniqlash va potensial zaifliklarni topish bosqichida qo'llaniladi. Aniqlangan natijalar mutaxassislarimiz tomonidan qo'lda tekshiriladi va texnik validatsiyadan o'tkaziladi. Bu jarayon false positive natijalarni aniqlash va ularni hisobotdan chiqarib tashlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, mutaxassislar jamoamiz tomonidan Manual Validation, Manual Exploitation, Authentication va Authorization testing, Business Logic testing, Privilege Escalation, Attack Chain Validation kabi faoliyatlar amalga oshirilishi mumkin. Maqsad faqat zaiflikni aniqlash emas, balki uning real muhitda qanday ta'sirga olib kelishi mumkinligini xavfsiz va nazorat ostida aniqlashdir.
Xatarlarni baholash
Aniqlangan zaifliklar ularning texnik xususiyatlari va biznesga potensial ta'siri hisobga olingan holda baholanadi.
Har bir zaiflik bo'yicha imkon qadar quyidagi ma'lumotlar taqdim etiladi: CVSS (Common Vulnerability Scoring System) bali, xatar darajasi, ta'sirlangan aktiv, zaiflikning texnik tavsifi, potensial texnik va biznes ta'siri, ekspluatatsiya ssenariysi, Exploitability, tavsiya etiladigan remediation (bartaraf etish) choralari.
Xatarlarni ustuvorlashtirish mijozga eng yuqori ta'sir va xatar tug'diradigan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish jarayonini rejalashtirishda yordam beradi.
Pentest davomida xavfsiz yondashuv
Testlar oldindan kelishilgan Rules of Engagement (RoE) doirasida o'tkaziladi.
Test jarayonida test qilinadigan tizimlar va aktivlar oldindan belgilanadi, ruxsat etilgan va cheklangan test usullari kelishib olinadi, muhim (kritik) tizimlarga mumkin bo'lgan ta'sir minimal darajaga tushiriladi, haqiqiy foydalanuvchi ma'lumotlarining xavfsizligi ta'minlanadi, aniqlangan maxfiy ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish cheklanadi, DoS/DDoS kabi xizmatning ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin bo'lgan testlar esa faqat alohida kelishuv asosida o'tkaziladi.
Ushbu yondashuv real hujum ssenariylarini imkon qadar aniq modellashtirish bilan birga ishchi (production) muhit xavfsizligini ta'minlash imkonini beradi.
Taqdim etiladigan natijalar
Pentest va Security Assessment yakunlangach, olingan natijalar tuzilmalashtirilgan hisobot shaklida taqdim etiladi.
Executive Summary Tashkilotning umumiy axborot xavfsizligi holati va asosiy xatarlarni aks ettiruvchi yuqori darajadagi qisqacha xulosa taqdim etiladi. Ushbu bo'lim asosan rahbariyat uchun mo'ljallangan bo'lib, texnik tafsilotlardan ko'ra ko'proq asosiy xatarlar, biznesga potensial ta'sir, umumiy xavfsizlik holati, bartaraf etishning asosiy ustuvor yo'nalishlariga e'tibor qaratadi.
Technical Findings Har bir aniqlangan zaiflik bo'yicha quyidagilar taqdim etiladi: zaiflik nomi, xatar darajasi, CVSS bali, ta'sirlangan aktiv, texnik tavsif, potensial ta'sir, ekspluatatsiya ssenariysi, tavsiya etiladigan bartaraf etish choralari.
Proof of Concept (PoC) Zaiflikning mavjudligi va uning mumkin bo'lgan ta'sirini tasdiqlovchi texnik dalillar taqdim etiladi. PoC bo'limida imkon qadar zaiflikni qayta hosil qilish bosqichlari, foydalanilgan kirish nuqtasi, texnik dalil, erishish mumkin bo'lgan ta'sir ko'rsatiladi.
Remediation Recommendations Aniqlangan zaifliklarni bartaraf etish uchun aniq, amaliy va texnik jihatdan qo'llash mumkin bo'lgan tavsiyalar taqdim etiladi. Tavsiyalar imkon qadar aniq tayyorlanadi va faqat "patch o'rnating" yoki "konfiguratsiyani o'zgartiring" kabi umumiy iboralar bilan cheklanmaydi.
Risk Prioritization Aniqlangan muammolar xatar darajasi, exploitability va potensial ta'sir hisobga olingan holda ustuvorlashtiriladi. Ushbu yondashuv mijozga bartaraf etish jarayonini samaraliroq rejalashtirish va resurslarni asosiy xatarlarga yo'naltirish imkonini beradi.
Yakuniy taqdimot va texnik debriefing Pentest yakunlangach, natijalar mijozning tegishli texnik xodimlari va rahbariyatiga taqdim etiladi. Taqdimot davomida asosiy zaifliklar, ularning mumkin bo'lgan ta'siri, hujum zanjirlari, xatarlar, bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar tushuntiriladi va texnik savollarga javob beriladi.
Retest – bartaraf etilgan zaifliklarni qayta tekshirish
Dastlabki pentest davomida aniqlangan zaifliklar bartaraf etilgandan so'ng Retest bosqichi o'tkazilishi mumkin.
Ushbu bosqichda avvalgi test davomida aniqlangan zaifliklar qayta tekshiriladi va qo'llanilgan bartaraf etish choralarining samaradorligi baholanadi.
Retest davomida zaiflik to'liq bartaraf etilgan yoki etilmaganligi, zaiflik qisman bartaraf etilgan yoki etilmaganligi, xuddi shu muammo muqobil shaklda hali ham mavjud yoki mavjud emasligi, kiritilgan tuzatishlarning samaradorligi baholanadi.
Shunday qilib, xavfsizlikni baholash faqat zaifliklarni aniqlash bilan cheklanmaydi, balki ularning samarali bartaraf etilganini tekshirish bilan yakunlanadi.
Hisobot namunasi
Mijozlarning maxfiy ma'lumotlarini to'liq anonimlashtirish asosida tayyorlangan pentest hisoboti namunamiz mavjud.
Hisobot namunasida quyidagi ma'lumotlar qanday taqdim etilishi ko'rsatilgan: aniqlangan zaifliklarning texnik tavsifi, xatarlarni baholash, CVSS ballari, Proof of Concept (PoC), ta'sirlangan aktivlar, potensial ta'sir, bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar, xatarlarni ustuvorlashtirish.
Hisobot namunasi mijozga taqdim etiladigan yakuniy hisobotning tuzilishi va texnik chuqurligi haqida umumiy tasavvur berishga qaratilgan.
Blue Team Services
Tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash va tezkor javob berish
Bizning Blue Team jamoamiz kompaniyaning axborot tizimlarida yuz berayotgan xavfsizlik hodisalarini doimiy ravishda kuzatib boradi, shubhali faoliyatlarni tekshiradi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan insidentlarga tezkor javob beradi.
Xizmatlarimiz SOC Monitoring, Threat Hunting, Incident Response, Threat Intelligence va Detection Engineering yo‘nalishlarini qamrab oladi. Ish jarayonlari kompaniyaning infratuzilmasi, xavfsizlik talablari va risklariga muvofiq ravishda tashkil etiladi.
SOC Monitoring
SOC jamoamiz axborot tizimlari, serverlar, endpoint qurilmalari, tarmoq uskunalari va boshqa xavfsizlik manbalaridan kelib tushadigan hodisalarni doimiy ravishda kuzatib boradi.
Yig‘ilgan loglar va xavfsizlik hodisalari SIEM orqali tahlil qilinadi, shubhali faoliyatlar aniqlanadi va zarur hollarda insident sifatida tekshirish uchun yo‘naltiriladi.
Monitoring va aniqlash jarayonlarida MITRE ATT&CK va NIST Cybersecurity Framework kabi xalqaro freymvorklardan foydalaniladi.
Incident Response
Axborot xavfsizligi insidenti yuzaga kelganda, jamoamiz hodisani tekshiradi va boshqaradi. Dastlabki bosqichda insidentning xususiyati va ta’sir doirasi aniqlanadi. Shundan so‘ng tahdidning tarqalishining oldini olish, uning sababini aniqlash va tizimlarni xavfsiz holatga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Incident Response jarayonlari NIST SP 800-61 va ISO/IEC 27035 yondashuvlari asosida tashkil etiladi.
Threat Hunting
Barcha tahdidlar ham tayyor xavfsizlik ogohlantirishlari orqali aniqlanmaydi. Shu sababli, jamoamiz tizimlarda potensial hujumchi faoliyatini proaktiv ravishda tekshiradi.
Threat Hunting jarayonida endpoint, tarmoq va boshqa xavfsizlik ma’lumotlari tahlil qilinadi, shubhali xatti-harakatlar o‘rganiladi va ehtimoliy hujum texnikalari MITRE ATT&CK bazasi bilan bog‘lanadi. Aniqlangan yangi namunalar asosida qo‘shimcha aniqlash qoidalari ishlab chiqiladi.
Threat Intelligence
Kiber tahdidlar haqidagi dolzarb ma’lumotlarni to‘plash va ularni kompaniyaning xavfsizlik jarayonlarida qo‘llash xizmatlarimizning boshqa yo‘nalishlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
IOC’lar, hujum texnikalari, threat actor faoliyati va boshqa tegishli ma’lumotlar tahlil qilinib, SOC Monitoring va Threat Hunting jarayonlarida qo‘llaniladi.
Detection Engineering
Yangi hujum usullariga mos ravishda xavfsizlikni aniqlash qoidalarini doimiy ravishda yangilab boramiz. SIEM use case’lari, detection rules va boshqa aniqlash mexanizmlari ishlab chiqiladi, mavjud qoidalar esa muntazam ravishda optimallashtiriladi. Maqsad — real tahdidlarni tezroq aniqlash va keraksiz ogohlantirishlarni minimallashtirish.