Digital Guide

Digital Guide — tashkilotlarning mijozlar va tashrif buyuruvchilar bilan muloqotini avtomatlashtiruvchi sun'iy intellektga asoslangan interaktiv axborot va xizmat ko'rsatish yechimi. Mahsulot maxsus bilimlar bazasi (Knowledge Base) asosida quriladi va foydalanuvchilarning savollariga faqat ushbu bazada taqdim etilgan tasdiqlangan ma'lumotlar asosida javob beradi. Bu yondashuv ma'lumotlarni yagona manbadan boshqarish va foydalanuvchiga izchil, tuzilmalashtirilgan javoblar taqdim etish imkonini beradi.

Foydalanuvchi tizim bilan matn yoki ovoz orqali muloqot qilishi mumkin. So'rov tahlil qilingandan so'ng javob ekranda matn shaklida ko'rsatiladi va bir vaqtning o'zida ovozli tarzda eshittiriladi. Interfeysda foydalanuvchini virtual avatar kutib oladi hamda mimika, imo-ishoralar va animatsiyalar orqali muloqotni yanada interaktiv qiluvchi vizual aloqa ta'minlanadi.

Digital Guide | MegaSec